
Parijning PSJ klubi darvozaboni Lyuka Shevalye siyosiy kontekstga ega bo'lgan keskin bahslar markazida qoldi. Bunga sobiq deputat Julien Oberning postiga "layk" qo'yishi sabab bo'ldi.
Ober Fransiyadagi rasmiy doiralar tomonidan "ekstremistik" deb baholangan Marin Le Pen partiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Shevalye boshida bu mojaro haqida sukut saqladi, biroq oxir-oqibat o'z fikrini bildirishga qaror qildi.
"Meni fashist sifatida ko'rsatishga urinishyapti. Men shikoyat qilmoqchi emasman, lekin barcha qizil chiziqlar buzildi, hatto oilamga ham bosim o'tkazishmoqda," - dedi Shevalye.
Eslatib o'tamiz, Lyuka Shevalye italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning PSJni tark etganidan so'ng, jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fransiyada Sarkozi ozod qilindi, lekin qattiq nazorat ostida qoladi
Stramachchoni: "Inter" yangi darvozabon haqida oʻylashi kerak
Konstantinopol 2025: tarixiy drama haqida
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
“Maktab darsliklarining ijara to‘lovlari masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak” — deputat Alisher Qodirov