
2025 yil 11 noyabrda Er-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston vakili Sarvar Zafarjonov 88 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish mashqida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Zafarjonov 161 kilogramm og‘irlikdagi shtangani muvaffaqiyatli ko‘tardi. Ushbu natija unga ikkinchi o‘rinni egallash va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir medal qo‘shishga imkon berdi.
Sportchimiz dastlabki ikki urinishda ishonchli harakat qildi va hal qiluvchi uchinchi urinishda kumush medalni ta’minlaydigan natijani qayd etdi.
Islom O‘yinlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uzukjamol Yunusova Riyoddagi bellashuvda bronza medaliga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston bokschilari Islom Birdamligi o‘yinlari finali ostonasida
Abdulloh Madaminov Saudiyada oltin, Odinaxon Ismoilova kumush medal oldi
O'zbekistonda havo +22 darajagacha isiydi
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritdi UzNur.uz