12:40 / 10.11.2025
81 735

Flik: Levandovski ajoyib uchrashuv oʻtkazdi


“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionati doirasida “Selta”ga qarshi oʻyinda (4:2) hujumchi Robert Levandovskining oʻyinini yuqori baholadi. 37 yoshli futbolchi ushbu uchrashuvning qahramoniga aylandi – u het-trik qayd etdi.

“Bugun Robert ayniqsa yaxshi oʻynadi, haqiqiy ajoyib oʻyin namoyish etdi. U maydonga yaxshi kayfiyatda chiqdi va oʻyin taqdirini hal etdi”, – dedi Flik oʻyindan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Levandovski La Liga toʻpurarlari roʻyxatida yetti gol bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Undan oldinda faqatgina Madridning “Real” klubi vakili Kilian Mbappe joylashgan, u 13 ta gol urgan.

Barselona Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing