
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining La Liga 12-turida “Selta” ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabasini izohladi. 37 yoshli Robert Levandovski xet-trik qayd etdi, yana bir golni Lamin Yamal urdi.
"Birinchi bo‘limda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, ammo tanaffusdan keyin o‘yinimiz yaxshilandi. Biz uchun doimiy pressing qilish juda muhim – va bugun buni amalga oshira oldik.
Men bundan juda mamnunman. Futbolchilar ham ikkinchi bo‘limdagi o‘z o‘yinlaridan mamnun edi, bu kiyinish xonasida ham sezildi.
Bu biz uchun ajoyib kecha bo‘ldi. Jamoa xarakter ko‘rsatdi", – dedi Flik matbuot anjumanida.
“Barselona” Ispaniya chempionati jadvalida 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Madridning “Real” klubidan oradagi farq 3 ochkoga qisqardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!