08:47 / 10.11.2025
80 421

Virts "Liverpul" muxlislarini xursand qildi


"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts "Manchester Siti"ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyindan keyin Sky Sports telekanaliga intervyu berdi. Yozgi transfer oynasida Leverkuzenning "Bayer" klubidan 125 million yevroga sotib olingan nemis hujumkor yarim himoyachisi shu vaqtga qadar Angliya Premer-ligasida oʻtkazgan 11 uchrashuv davomida gol urmagan va golli uzatma amalga oshirmagan.

"11 ta oʻyin oʻtkazdim va endi Premer-ligaga oʻrganib qoldim. Endi bu mavzuni muhokama qilishga hojat yoʻq, chunki nimani kutish kerakligini bilaman.

Bu yerga jamoaga yordam berish uchun kelganman, ammo bugungi oʻyinda bu ish bermadi", – dedi Virts. Eslatib oʻtamiz, "Liverpul" joriy mavsumda Virtsni oʻz tarkibiga qoʻshib olgan edi.


“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing