08:50 / 10.11.2025
79 365

Parma darvozaboni jarohat oldi


Italiya A Seriyasining 11-turida "Parma" jamoasi "Milan" bilan bahs olib bordi va durang qayd etdi. Ammo ushbu o‘yinda "Parma" o‘z darvozaboni, yaponiyalik Dzion Suzukidan ayrildi.

U qo‘lidan jarohat oldi va bu jarohat dastlabki ko‘rinishidan ko‘ra jiddiyroq ekani ma’lum bo‘ldi. Jarohat 82-daqiqada, Aleksis Salemakers bilan to‘qnashuvda yuz berdi.

Shunga qaramay, Suzuki o‘yinni oxirigacha davom ettirdi va bir necha bor jamoasini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan so‘ng esa jarohatning jiddiyligi ma’lum bo‘ldi.

Ehtimol, u bir muddat maydonga tusha olmasligi mumkin. Ayni vaqtda "Parma" jamoasi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.


“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing