
“Manchester Siti” himoyachisi Ruben Dias Angliya chempionatining 11-turida “Liverpul” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 9-noyabr kuni "shaharliklar" stadionida boʻlib oʻtdi va 3:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur oʻyin Gvardiolaning professional murabbiylik faoliyatidagi 1000-uchrashuvi boʻldi. - Albatta, u uchun juda xursandman.
Biz bunday yutuqlar uchun yashaymiz. Bunday darajadan yuqori hech narsa yoʻq, - dedi futbolchi oʻyindan keyin.
Gvardiola jamoasi ayni paytda 22 ochkoga ega va Angliya chempionati jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Yetakchilikni esa 26 ochko bilan Londonning “Arsenal” klubi egallab turibdi.
Manchester Siti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar