
Italiya chempionatining o'n birinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Milanning "Inter" jamoasi Rimning "Latsio" klubini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi va ikkita gol urdi.
Ushbu gollardan birini jamoa sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines kiritdi. Milan klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Lautaroga bo'lgan alohida mehrini tan oldi.
"Lautaro - bu jamoa uchun ko'p mehnat qiladigan futbolchi. Yetakchilik xarakteriga ega bo'lganingizda, gollar o'z-o'zidan keladi.
Men u bilan ishlashni yaxshi ko'raman, uning barchaga o'rnak ko'rsatishi menga yoqadi", - deya Kivuning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri. "Latsio"ga qarshi g'alaba tufayli milanliklar turnir jadvalida birinchi o'rinni qaytarib oldi va keyingi turda "Milan"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Italiya Chempionati