19:37 / 09.11.2025
84 463
Dortmundning "Borussiya" klubi gʻalabani qoʻldan chiqardi

"Borussiya" Dortmund 10-turning "Hamburg" bilan oʻtkazilgan safar uchrashuvida ustunlik qilgan boʻlsa-da, yakunda gʻalabani qoʻldan chiqardi. "Asalarilar" koʻplab imkoniyat yaratishdi, ammo zarbalari aniq boʻlmadi.
Birinchi boʻlimning eng yaxshi vaziyatini mezbonlar yaratdi: Nikolass Kapaldo Georgi Goʻcholashvili tomonidan yoʻllangan krossni bosh bilan darvozaga yoʻnaltirdi, ammo toʻp toʻsinni urib, chetga ketdi. 64-daqiqada Nikko Shlotterbek toʻpni Karni Chukvuemekaga uzatdi va u zarba bilan hisobni ochdi – 0:1.
Ammo yettita qoʻshib berilgan daqiqada Ransford Kenigsdorffer bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi – 1:1. "Borussiya" turnir jadvalida uchinchi oʻrinda, "Hamburg" esa 12-pogʻonada qoldi.
Borussiya Dortmund
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston U-17 mag‘lubiyatiga Osiyodan qanday munosabat bo‘ldi?
Sassuolo Atalantaga qarshi yirik gʻalabaga erishdi
Hoffenhaym Leipzigni magʻlub etdi
«Qizilqum» so‘nggi daqiqalardagi irodali g‘alaba bilan muxlislarni xursand qildi
Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17ning kechagi mag‘lubiyatiga izoh berdi