
Hoffenhaym va RB Leipzig oʻrtasida Bundesliga 10-turi doirasida qiziqarli va voqealarga boy oʻyin boʻlib oʻtdi. Mehmonlar oʻyinni faol boshlashdi.
Antonio Nusaning xavfli zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq boʻldi. Toʻqqizinchi daqiqada Assan Uedraogonig pasidan soʻng Yan Diomand hisobni ochdi – 0:1.
Ammo raqib tezda javob berdi: Albiyan Haydari Vauter Byurgerdan uzatilgan toʻpni bo‘sh burchakka yoʻnaltirdi – 1:1. Romulo Kruzda ham ajoyib imkoniyat boʻldi, ammo uning zarbasi ham darvozabon tomonidan bartaraf etildi.
Birinchi boʻlim tugashidan oldin mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi. Tim Lemperlening bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvozani ishgʻol qildi – 2:1.
Devid Raumning uzoq masofadan bergan zarbasi esa ustunga tegib qaytdi. Oʻyinning soʻnggi daqiqalarida jamoalar yana gol almashdi.
Grisha Pryomel hisobni 3:1 koʻrinishiga olib keldi, ammo Kruzning bir goli ofsayd tufayli bekor qilindi. RB Leipzig ushbu magʻlubiyatdan soʻng Bavariyadan oltita ochko ortda qoldi va ligada ikkinchi oʻrinda qolmoqda.
Hoffenhaym esa mazkur gʻalaba bilan beshinchi oʻringa koʻtarildi.
Bundesliga O'yini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi: Oʻzbekiston Qirgʻizistonni magʻlub etib, muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi
Sassuolo Atalantaga qarshi yirik gʻalabaga erishdi
O‘zbekiston U-17 mag‘lubiyatiga Osiyodan qanday munosabat bo‘ldi?
Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17ning kechagi mag‘lubiyatiga izoh berdi
«Qizilqum» so‘nggi daqiqalardagi irodali g‘alaba bilan muxlislarni xursand qildi