19:29 / 22.10.2025
84 610

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi xalqaro futbol turnirida ishtirok etadi

 


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) terma jamoaning Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashishini rasman tasdiqladi.


Musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi.


O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki o‘yinda Misrga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs g‘olibi finalda Eron – Kabo-Verde o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Turnir noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing