19:54 / 14.11.2025
2 743

O‘zbekistonda MCHJlar ulushi 78 foizdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil 1 noyabr holati bo‘yicha tijorat subektlari haqida yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Rasmiy hisobotga ko‘ra, mamlakatda jami 399,8 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Ularning asosiy qismini — 313 mingdan ziyodi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich umumiy korxonalar sonining 78,3 foiziga to‘g‘ri keladi.

Tashkiliy-huquqiy turlari bo‘yicha korxonalar taqsimoti quyidagicha:

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 313 043 ta (78,3%);

Xususiy korxonalar — 46 776 ta (11,7%);

Oilaviy korxonalar — 36 161 ta (9%);

Aksiyadorlik jamiyatlari — 632 ta (0,2%);

Boshqa shakldagi korxonalar — 3 199 ta (0,8%).

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda biznes yuritishning eng ommabop shakli hali ham MCHJ bo‘lib qolmoqda.


Milliy Statistika, Tijorat Subektlari, Masuliyati Cheklangan, Xususiy Korxonalar, Oilaviy Korxonalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing