18:32 / 14.11.2025
3 079
Qirg‘izistondagi zilzila to‘lqini O‘zbekistonda ham sezildi

14 noyabr kuni tushdan keyin Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan zilzila to‘lqinlari O‘zbekistonning sharqiy qismida ham qayd etildi, deb ma’lum qildi Seysmoprognostik markaz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishi Toshkentdan taxminan 328 km janubiy-sharqda, O‘sh shahri atrofida ro‘y bergan. Epimarkazdagi kuch 4 ball, magnitudasi 3,7 bo‘lgan. Chuqurligi esa 10 km sifatida qayd etilgan.
Tezkor ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonning bir necha tumanlarida ham sezilarli tebranishlar kuzatilgan:
— Qo‘rg‘ontepa va Xonobodda 2–3 ball;
— Xo‘jaobodda 2 ball;
— Jalaquduqda 2 ball atrofida.
Qirg'iziston Zilzilasi, O'zbekiston Sharqi, Toshkent Janubi, Yer Silkinishi, Seysmoprognostik Markaz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing