13:10 / 14.11.2025
1 340

O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchilar soni keskin oshdi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida temir yo‘l transportida 8,1 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 957,2 ming kishiga ko‘p bo‘lib, temir yo‘l orqali tashilayotgan yo‘lovchilar sonida barqaror o‘sish kuzatilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur davrda har kuni o‘rtacha 29,8 ming nafar yo‘lovchi poyezdlarda safar qilgan. Mutaxassislar bu ko‘rsatkichni mamlakatda ichki turizmning jonlanishi va qulay transport infratuzilmasi bilan izohlamoqda.


Milliy Statistika, Temir Yo‘l, Yo‘lovchi Tashish, Ichki Turizm, Transport Infratuzilmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing