18:07 / 07.11.2025
6 335

2025 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p kartoshka qayerda yetishtirildi?


O‘zbekistonda 2025 yil yanvar-sentabr oylarida barcha turdagi xo‘jaliklar tomonidan 3,1 million tonnaga yaqin kartoshka yetishtirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Kartoshka ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hududlar Samarqand viloyati bo‘lib, bu yerda 631,9 ming tonna kartoshka yetishtirilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (320 ming tonna) va Farg‘ona viloyati (317,4 ming tonna) qayd etilgan.

Eng kam kartoshka poytaxt Toshkent shahrida yig‘ilgan — atigi 429 tonna. Hududlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 60,1 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.


Kartoshka Yetishtirish, Davlat Statistika, Samarqand Viloyati, Toshkent Viloyati, Farg‘ona Viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing