10:32 / 14.11.2025
2 525

14-noyabr kuni havo harorati +22° gacha isiydi


14-noyabr kuni O‘zbekiston hududining aksar qismida havo o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. Kunduzgi harorat +15° dan +22° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +17° dan +22° gacha bo‘ladi. Toshkent, Samarqand va Buxoro hududlarida esa harorat +15° dan +20° oralig‘ida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida biroz salqinroq, +12° dan +17° gacha bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda esa quruq ob-havo saqlanib, harorat +10° dan +15° gacha bo‘ladi.

Respublika bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda, 7–12 m/s tezlikda mo‘’tadil shamol esishi kutilmoqda.


O‘zbekiston Hududi, Havo Harorati, Qashqadaryo Viloyati, Tog‘li Hududlar, Mo‘’tadil Shamol
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing