12:12 / 13.11.2025
20 766
36 mln o'zbekistonlikning ma'lumotlari MED-ID bazasida

O'zbekistonda 36 million fuqaroning tibbiy kartalari MED-ID ma'lumotlar bazasida birlashtirildi, deb xabar berdi Sog'liqni saqlash vazirligi. Ushbu ma'lumotlar yagona DMED tizimida jamlangan.
Platformaga 20 dan ortiq davlat, 200 ga yaqin xususiy tibbiyot muassasalari va poytaxtning Yunusobod tumanidagi 190 dan ortiq dorixonalar ulangan. Shu tumanda sinov tariqasida 'Elektron retsept' tizimi ishga tushirildi.
Bu soxta dori vositalarining savdosiga qarshi kurashishda yordam bermoqda. Shuningdek, shifokorlar qog'ozbozlikdan qutulib, 70 turdagi blank va jurnallardan butunlay voz kechdi.
Bu ish yukini 30 foizga yengillashtirish va tahlil natijalarini olish vaqtini qisqartirish imkonini berdi.
Tibbiy Kartalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini tabrikladi
O'zbekistonda shifokorlar uchun yangi ish haftasi va imtiyozlar
1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi
Ziroat Mirziyoyeva dunyodagi eng nufuzli 100 ayol orasiga kirdi
Xususiy klinikalarga yangi imkoniyat: tibbiy uskunalarni bojxonasiz olib kirish muddati uzaytirildi