
O‘zbekiston va Tojikistonning tashkiliy mehnat migratsiyasi bo‘yicha tajribasini MDH mamlakatlariga keng yoyish taklif qilindi. Bu tashabbus Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova tomonidan ilgari surildi.
Uning fikricha, tashabbusni amalga oshirish uchun MDH davlatlari o‘zaro tegishli kelishuvlar imzolashlari mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil boshidan boshlab tashkiliy yollash orqali Rossiyaga 106 ming nafar o‘zbekistonlik ishchi jo‘natilgan.
Ulardan 50 ming nafari yirik rossiyalik korxonalarda mehnat qilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondan tashkiliy yollash orqali Rossiyaga ishchilarni yuborish ko‘rsatkichi 2023 yilga nisbatan 4,2 barobar oshgan.
Shu bilan birga, Rossiyada mustaqil ish topgan o‘zbekistonliklar soni bir yil ichida deyarli ikki barobarga kamayib, 700 mingni tashkil etdi.
Tashkiliy Mehnat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
iPhone 17’ning 31 oktabrdagi yangilangan narxlari e’lon qilindi
Malika bozorida bugungi iPhone 17 narxlari e’lon qilindi
Malika bozorida iPhone 17’ning 28-oktyabrdagi narxlari e’lon qilindi
O‘zbekiston–Rossiya migratsiya islohotlari bo‘yicha yangi kelishuvlar yangilandi
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi keskin kamaydi