
13-noyabr kuni O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo quyoshli va iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. Kunning kunduzgi harorati +17°dan +22°gacha yetadi.
Poytaxtda ham quruq ob-havo saqlanadi. Harorat +19…+21° atrofida bo‘ladi.
Shamol o‘rtacha tezlikda, 3–8 m/s kuchlanishda esishi kutilmoqda. Respublikadagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham quruq ob-havo davom etadi.
Bu hududlarda biroz salqin bo‘lsa-da, noyabr o‘rtasi uchun ancha iliq bo‘lib, harorat +10…+15° daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zbekiston Hududlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing