23:56 / 12.11.2025
34 281
O‘zbekiston va Hindiston transport yo‘laklarini rivojlantiradi

O‘zbekiston va Hindiston yangi transport yo‘laklari hamda logistika yo‘nalishlarini birgalikda rivojlantiradi. Bu haqda Trend axborot agentligi ma’lum qildi.
Xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasida Uztemiryulkonteyner kompaniyasi va Hindistonning ABS Logistics kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar konteyner tashuvlarini ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish va O‘zbekiston orqali Hindiston, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida tranzitni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, zamonaviy infratuzilma qurish, logistika jarayonlarini rivojlantirish va raqamli yechimlarni joriy etish orqali tashuvlarni tezroq va samaraliroq qilish maqsad qilingan.
O‘zbekiston Transport
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston kiberxavfsizligini AQSh kompaniyasi ta'minlaydi
O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga $100 milliard kiritadimi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi yangi logistika markazi bilan tanishdi
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 20 dan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi
O‘zbekistonda narkojinoyatlarga qarshi kurash yangi bosqichga chiqadi