22:12 / 12.11.2025
34 504

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.

Kengashning ko‘p tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ilgari surishdagi o‘rni hamda faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Budapesht va Gabala shaharlarida o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlarning milliy an’analari, ma’naviy merosi va madaniy birligini saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etdi.


Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing