19:06 / 12.11.2025
35 709

Toshkent aeroportida E-Gate joriy qilindi


Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni qabul qilish hududida avtomatlashtirilgan pasport nazorati tizimi — E-Gate to‘liq joriy qilindi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports. Endilikda shaxsni tekshirish jarayoni 15-20 soniya davom etadi.

Turniketdan o‘tish uchun yo‘lovchi o‘zining biometrik pasportini qo‘yib, yuzini skaner qilishi yetarli. Yaqinda amalga oshirilgan kengaytirish ishlari natijasida poytaxt aeroportidagi E-Gate tizimi liniyalari soni 20 taga yetdi.

Bu chora yo‘lovchilarni o‘tkazish imkoniyatini sezilarli darajada oshirish va xizmatni yanada qulay qilish maqsadida amalga oshirildi. Kompaniya ma’lum qilishicha, E-Gate tizimi Toshkent aeroportida ilk bor xalqaro terminalning jo‘nash zalida 2023 yilda ishga tushirilgan edi.

Toshkent Aeroporti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing