
11-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot va energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar, shuningdek, ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, tomonlar 22-oktabr kuni Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashi yig‘ilishining natijalarini ijobiy baholadilar.
Prezidentlar 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiya va biznes-forumning ahamiyatini ham alohida ta’kidladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali nima haqda gaplashishdi?
O‘zbekistonga 370 mln dollarlik telefonlar import qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari telefon orqali muloqot qildi