18:06 / 11.11.2025
56 814

O‘zbekiston turizmi oktabrda yangi rekord o‘rnatdi — 1,17 mln sayyoh!

O‘zbekiston turizmida kuz fasli jonlanish davri bo‘ldi — 2025-yil oktabr oyida mamlakatimizga 1 million 170 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,2 foizga ko‘pdir, deya ma’lum qilmoqda Turizm qo‘mitasi.

Yil boshidan buyon esa O‘zbekistonga 9,7 milliondan ortiq xorijiy fuqaro kelgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqeini mustahkamlab, mamlakatni Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan sayyohlik markazlaridan biriga aylantirmoqda.

Sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalishlar o‘zgarishsiz qolmoqda: Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari xalqaro mehmonlarning eng ko‘p tashrif buyuradigan manzillari sifatida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, ekologik va gastronomik turizmga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda — tobora ko‘proq sayyohlar Farg‘ona vodiysi va mamlakat janubidagi tabiiy hamda milliy lazzatlarni o‘zida mujassam etgan hududlarni tanlamoqda.


O‘zbekiston Turizmi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing