10:33 / 05.11.2025
65 293

O‘zbekistonda havo harorati -5° gacha tushadi


5-noyabr, chorshanba kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida harorat -5° gacha pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik, jumladan, yomg‘ir va qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Boshqa hududlarda havo harorati +5…+10° oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayishi mumkin (Bofort shkalasi bo‘yicha 12 ballik tizimdan 8 ball).

Toshkentda esa bugun havo harorati +5…+7° oralig‘ida bo‘lib, mo‘tadil shamol (8 m/s gacha) kuzatiladi.


O‘zbekiston Hududlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing