
2026-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston aholisi tibbiy xizmatlar sifatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bugun odamlarning hayotga munosabati, talab va dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Bu esa tibbiyotda sifatni oshirishni talab etadi.
Noyabr-dekabr oylarida tayyorgarlik ko‘ramiz va yanvardan xalq fikrini inobatga oladigan tizimni joriy qilamiz”, – dedi prezident. Bundan tashqari, 26 ta tibbiyot markazi rahbarlari, viloyat va tuman sog‘liqni saqlash boshliqlari hamda poliklinika mudirlari oylik rejalar asosida faoliyat olib boradi.
Ular televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda aholi bilan muloqot qilib, eng ko‘p uchraydigan kasalliklar va ularni kamaytirish yo‘llari haqida ma’lumot berishadi. Shuningdek, shifokorlar tibbiy ko‘riklar ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va sog‘liqni asrash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishadi.
Tibbiyot markazlari rahbarlari eng og‘ir hudud va mahallalarga borib, kasalliklar sabablarini o‘rganadi, yechimlar izlaydi hamda mahalliy shifokorlarni zamonaviy davolash usullari bilan tanishtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda yangi genetik mutatsiyalar aniqlandi
Prezident Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini tabrikladi
2026 yildan shifokorlar besh kunlik ish haftasiga o‘tadi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Prezident shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi islohotlarni e’lon qildi