13:56 / 10.11.2025
76 736

Shifokorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi

 


Prezident tomonidan «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralariga oid» qaror imzolandi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab kamida 15 yil ishlagan shifokor va farmatsevtlarning farzandlari oliy ta’limda o‘qiyotgan bo‘lsa, yillik kontrakt to‘lovining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha) davlat tomonidan qoplab beriladi. Har yili 15 yillik ish tajribasiga ega 500 nafar tibbiyot xodimiga ipoteka asosida olinadigan uylar uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi to‘lab beriladi. Shuningdek, tuman va shahar darajasida yangi davolash usulini samarali joriy etgan shifokorlarga BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot beriladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing