10:10 / 10.11.2025
79 668

10-noyabr: O'zbekistonda iliq va quruq ob-havo


10-noyabr, dushanba kuni O'zbekiston hududida quruq va iliq ob-havo hukm suradi, deb xabar bermoqda O'zgidromet. Respublika bo'ylab kunlik o'rtacha harorat +12…+17 darajani tashkil etadi.

Toshkentda havo harorati +13…+15 daraja iliq bo'lishi kutilmoqda, yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s atrofida bo'ladi.

Toshkent viloyatining ayrim tog'li hududlarida esa kechqurun yomg'ir va qor yog'ishi mumkin. Tog'li hududlarda harorat +8…+13 daraja iliq bo'ladi, shamol tezligi esa 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.


O'zbekiston Hududi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing