
1977-yil 6-noyabr sanasi Toshkent shahri tarixida muhim ahamiyatga ega. Aynan shu kuni Toshkent metropolitenining birinchi liniyasining ilk qismi tantanali ravishda ochildi.
Bu metro O‘rta Osiyoda birinchi va sobiq SSSRda yettinchi metro bo‘lib, bu haqda “Tashkent Retrospective” loyihasi “Mytashkent.uz” manbasiga tayanib xabar berdi. Bayramning markaziy voqeasi sobiq “V.
I. Lenin maydoni” (hozirgi “Mustaqillik maydoni”) bekatida o‘tkazilgan miting bo‘ldi.
Rasmiy marosim davomida “Toshmetrostroy” tresti boshlig‘i P. V.
Semyonov metro kalitini ramziy tarzda o‘sha davrning O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi Sharof Rashidovga topshirdi. Qizig‘i, aynan 6-noyabr kuni Sharof Rashidovning tug‘ilgan kuni bo‘lib, metroning ochilishi uning tavallud ayyomiga to‘g‘ri kelgan.
Toshkent Metropoliteni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
Olimlar tarixdagi eng noyob qon guruhini aniqlashdi: faqat bir odamda bor!
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi
O‘zbekistonda yangi genetik mutatsiyalar aniqlandi