12:26 / 28.10.2025
81 812

Toshkentda issiq suv va issiqlik tariflari oshirildi

 

📍 Toshkent shahar hokimining 27-oktabrdagi qaroriga binoan, poytaxtda issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar joriy etildi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Yangi tartibga ko‘ra, aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik xizmati 15 foizga oshirilib, 121 617 so‘mdan 139 860 so‘m/Gkal etib belgilandi (QQSsiz). Yuridik shaxslar uchun tarif 40 foizga oshib, 244 497 so‘mdan 342 296 so‘m/Gkalni tashkil etadi. Bazaviy tarif 7 foizga oshib, 664 465 so‘mdan 711 641 so‘m/Gkalga yetdi, budjet tashkilotlari uchun esa 18,8 foizga oshirilib, 801 963 so‘mdan 952 797 so‘m/Gkal etib belgilandi. Qarorda bu o‘zgarishlar issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya narxlarining o‘sishi va xizmat ko‘rsatish xarajatlarining ortishi sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing