17:32 / 27.10.2025
83 441

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 


📍 Yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.


Hisobotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozdan ancha yuqori — 7,6 foizga o‘sdi. Oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga oshib, 55 milliard dollarga yetdi.


“Fitch Ratings” ilk bor mamlakat suveren reytingini bir pog‘ona oshirgan bo‘lsa, “Moody’s” va “S&P Global” o‘z kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi.


Aholi daromadlari 18,4 foizga, omonatlar 35,3 foizga, o‘rtacha ish haqi esa 19,2 foizga oshgan. So‘rovlar aholining davlat siyosatiga ishonchi kuchayganini, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalari kengayayotganini ko‘rsatmoqda.


Prezident yil yakunigacha yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va YAIM hajmini 135 milliard dollardan oshirish iqtisodiy kompleksning asosiy vazifasi bo‘lishini ta’kidladi.


Mutasaddilar esa 2026-yilda o‘sishni 6,6 foiz darajasida ta’minlab, YAIMni 150 milliard dollardan oshirish, iqtisodiyotga 400 trillion so‘m yo‘naltirish va inflyatsiyani 7 foizdan oshirmaslik rejalashtirilganini ma’lum qildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing