📍 2025-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qator yangiliklar kuchga kiradi:
▪️ Ishsizlik nafaqasini olish shartlari o‘zgaradi;
▪️ Pensionerlar, homilador ayollar va 3 yoshgacha bolasi bor fuqarolar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;
▪️ Avtomobilga gazballon o‘rnatilgach, endi texpasportni almashtirish shart emas;
▪️ Davlat OTM talabalari ijara to‘lovining bir qismini Yagona portal orqali qaytarish uchun murojaat qilishi mumkin bo‘ladi;
▪️ Ozodlikdan mahrum etilganlardan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya markazlari faoliyati tugatiladi;
▪️ Chegara punktlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mobil bojxona deklaratsiyasi ilovasi joriy etiladi.
Ushbu o‘zgarishlar fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish, jarayonlarni soddalashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan.