14:17 / 21.10.2025
83 734

“IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

 



“IT-Park”ning ikkinchi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.


Ikki yil avval 200 million dollarlik investitsiya hisobiga loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20–25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etilgan.


Yangi bosqich doirasida “IT-Park” hududi 1,5 baravar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz qurilishi rejalashtirilgan.


Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, markaz quvvati 500 megavattgacha oshiriladi.


Shuningdek, hududda jami 6 ta yangi bino — Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi hamda servis va savdo markazlari barpo etiladi.


Bir so‘z bilan aytganda, bu majmua eng ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing