13:33 / 21.10.2025
83 435

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro liniyasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda


 



Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi bilan tanishish jarayonida bu haqda ma’lum qildi.


Qayd etilishicha, yangi aeroport Toshkent shahri va Yangi Toshkent oralig‘ida, ya’ni taxminan 24 kilometr masofada joylashadi. U yerga eng ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin bo‘ladi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, aeroport qurilishi hamda havo parkini 105 tadan 180 tagacha oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 770 million dollar daromad keltirishi kutilmoqda.


Prezident shunday dedi:


“Tanlagan joyimiz xavfsizlik, uchish va qo‘nish nuqtayi nazaridan eng maqbul joy. Bu Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasidagi chorraha — 25 daqiqada yetib borish mumkin, oraliq 24 km. Lekin, shuttle qo‘yamiz, xudo xohlasa, metro ham bo‘ladi. Hammasini hamohang, biz kutganimizdek amalga oshiramiz.”


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing