10:28 / 10.10.2025
81 954

Andijondan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

 


2025-yil 27-oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni amalga oshiradi Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi


Parvozlar har dushanba va payshanba kunlari bajariladi Yangi yo‘nalish Andijon viloyati aholisi uchun Turkiyaga sayohatlarni yanada qulay va tezkor etadi Shuningdek loyiha mintaqaning xalqaro aviaaloqasini kengaytirish hamda turizm oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda


Chipta narxlari bir tomonga 2 million 747 ming so‘mdan ikki tomonga 5 million 83 ming so‘mdan boshlanadi


Uzbekistan Airways yangi yo‘nalish orqali mintaqaviy aviatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va Andijon aeroportining xalqaro salohiyatini oshirishni ko‘zlamoqda


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing