
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasida modaga oid o‘ylantiruvchi fikrlarini bildirdi. San’atkor yozishicha, insonning uslubi do‘konlardan emas, ichki his-tuyg‘ulardan kelib chiqadi.
“Bu sotib olib bo‘lmaydigan yagona narsa. Bu sizni yorliqdagi narxidan qat’i nazar, o‘ziga xos uslubga ega qiladi. O‘ziga xoslik — bu trend emas, o‘z tanlovingiz. Nusxalash emas, balki o‘z hikoyangiz. Standartlar emas, o‘z qulayligingiz,” — deb yozdi Munisa Rizayeva o‘z postida suratlari bilan birga.

Xonanda bu so‘zlari bilan zamonaviy modaning asosiy qadriyati — shaxsiylik va ichki erkinlik ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, kiyinishdagi eng muhim narsa — o‘zingni erkin his qilish va boshqalarga o‘xshashga intilmaslik.
Munisa Rizayeva, Instagram Sahifasi, Moda Fikrlari, Ichki Erkinlik, O‘ziga Xoslik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Munisa Rizayeva Dubay safarini yakunlab, o‘zgacha uslubda yana ishga qaytdi
Munisa Rizayeva yangi “Mish-mish” qo‘shig‘i bilan internetni portlatdi!
Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
Teo Ernandes "Milan"ga qaytishi mumkin