13:59 / 14.11.2025
2 782

Munisa Rizayevadan modadagi o‘ziga xoslik haqida

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasida modaga oid o‘ylantiruvchi fikrlarini bildirdi. San’atkor yozishicha, insonning uslubi do‘konlardan emas, ichki his-tuyg‘ulardan kelib chiqadi.

“Bu sotib olib bo‘lmaydigan yagona narsa. Bu sizni yorliqdagi narxidan qat’i nazar, o‘ziga xos uslubga ega qiladi. O‘ziga xoslik — bu trend emas, o‘z tanlovingiz. Nusxalash emas, balki o‘z hikoyangiz. Standartlar emas, o‘z qulayligingiz,” — deb yozdi Munisa Rizayeva o‘z postida suratlari bilan birga.

Xonanda bu so‘zlari bilan zamonaviy modaning asosiy qadriyati — shaxsiylik va ichki erkinlik ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, kiyinishdagi eng muhim narsa — o‘zingni erkin his qilish va boshqalarga o‘xshashga intilmaslik.


Munisa Rizayeva, Instagram Sahifasi, Moda Fikrlari, Ichki Erkinlik, O‘ziga Xoslik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing