18:24 / 14.11.2025
2 931

Toshkentda erkak ayoliga qurol ko‘tarib zo‘ravonlik qildi

Toshkent viloyatida xotiniga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar berdi mutasaddilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 oktyabr kuni “Ko‘ksaroy” mahallasida yashovchi 33 yoshli R.Q. oilaviy kelishmovchilik tufayli ayoli N.Sh.ning yoniga ov quroli bilan borib, unga tahdid qilgan va tan jarohati yetkazgan.

Tekshiruv jarayonida erkak 2021 yildan buyon Ovchilik jamiyati a’zosi bo‘lgani, qurol esa rasman unga tegishli ekani aniqlangan. Hodisadan so‘ng u Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortirildi.

Shuningdek, ayblanuvchining ovchilik guvohnomasi bekor qilindi va TOZ-34 rusumli qurol musodara qilindi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchida hayotga xavf tug‘dirmaydigan, qisqa muddatli nosog‘lomlikka olib kelgan yengil jarohatlar borligi tasdiqlangan.

Holat viloyat ichki ishlar idorasi nazoratiga olingan, Ohangaron tumani tergovchilari surishtiruvni davom ettirmoqda.


Toshkent Viloyati, Xotin Zo'ravonligi, Oilaviy Kelishmovchilik, Jinoyat Kodeksi, Sud Tibbiyoti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing