20:11 / 13.11.2025
13 668
Markaziy Osiyo yagona transport makoni rivojlantiriladi

Toshkentda 12-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida Toshkent kommunikyesi imzolandi.
Tadbirda CATRANS-2035 strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Ushbu hujjat zamonaviy, ekologik va xalqaro savdo yo‘llariga integratsiyalashgan yagona transport makonini yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning ta’kidlashicha, mazkur hujjat 2035-yilgacha bo‘lgan hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi. Unda uchta asosiy yo‘nalish — infratuzilmani rivojlantirish, raqamlashtirish va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari qamrab olingan.
Markaziy Osiyo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy Osiyo yangi tarixiy yuksalish ostonasida turibdi
O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga $100 milliard kiritadimi?
O‘zbekistonda Nvidia’dan ikki sun’iy intellekt klasteri yaratiladi
Pokiston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi savdo yo‘li
Ozgyu Namal — “Qashqirlar makoni” yulduzi hayotidagi sirlar va haqiqatlar