
Toshkent shahrida 14-17-noyabr kunlari yirik xalqaro tadbirlar o'tkazilishi munosabati bilan transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
15-noyabr kuni Abdullo Qodiriy ko'chasining Ganga ko'prigi qismida hamda Qarasaroy ko'chasida qisman yo'l yopiladi. Ertasiga, 16-noyabr kuni, Islom Karimov ko'chasining Furqat ko'chasi bilan kesishgan qismida transport harakati cheklanadi.
14-17-noyabr kunlari shaharga viloyatlardan yuk transporti kirishiga ruxsat berilmaydi, shuningdek, markaziy hududda ularning harakati to'liq to'xtatiladi. Haydovchilar uchun alternativ yo'nalishlar taqdim etilgan bo'lib, Farg'ona vodiysidan keluvchi tranzit transport D-012 avtomagistraliga yo'naltiriladi.
Toshkent Shahrida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 14–17 noyabr kunlari ayrim yo‘llar yopiladi
Taroveh namozlari sabab bugundan Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
O‘zbekistonda “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun imzolandi
Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi