17:34 / 12.11.2025
36 635
Avtomobil sotuvchilariga odometr ma'lumotlarini yashirgani uchun jarima kiritilishi mumkin

O‘zbekistonda avtomobillarni sotishda haqiqiy yurilgan masofani yashirganlik uchun jarima belgilanishi mumkin. Ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Muhokamalar 20-noyabrgacha davom etadi. So‘nggi yillarda avtomobil sotuvchilarning odometr ko‘rsatkichlarini ataylab kamaytirib, mashinani asl qiymatidan qimmatroqqa sotish holatlari ko‘paygan.
Bunday firibgarliklarning oldini olish maqsadida hukumat ushbu maʼlumotlarni yashirgani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etishni taklif qilmoqda. Shu maqsadda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 121-1-modda qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu modda sotuvchining yurilgan masofa o‘zgartirilganini yoki odometr almashtirilganini xaridorga maʼlum qilmagan taqdirda, unga jarima solishni nazarda tutadi. Agar sotuvchi odometr maʼlumotlari o‘zgartirilganini yoki qurilma almashtirilganini xabar qilmasa, unga 10 dan 15 BVgacha (4,12 mln so‘mdan 6,18 mln so‘mgacha) jarima solinishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
O‘zbekiston sentyabrda oltin sotgan yagona mamlakat bo‘ldi
Toshkent hokimiyati yer sotib olish xavflari haqida ogohlantirdi
«Yo‘ldosh» mavzesi hududida dendropark tashkil etish rejalashtirilmoqda — Toshkent shahar hokimligi