16:18 / 11.11.2025
58 347
Toshkent viloyatida 2,4 mingdan ortiq aholi gazsiz qoldi

Energetika vazirligi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi. Toshkent viloyati Parkent tumanida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
"MAN" yuk mashinasi va "Matiz" avtomobili to'qnashgan. To'qnashuv natijasida yuk mashinasi yo'ldan chiqib, yuqori bosimli gaz quvuriga urilgan.
Bu gaz sizib chiqishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida "Yoshlik", "Markaziy", "Guliston" va "Oqtepa" mahallalarida jami 2 415 nafar iste'molchi gazsiz qoldi.
Shuningdek, 56 ta yirik iste'molchi ham gazdan uzildi. Hozirda ta'mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
MAN yuk mashinasi Parkentda 4 ta mahallani gazsiz qoldirdi
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi
Gaz “zapravka"lar amaldagi tartibda ishlashda davom etadi — Energetika vazirligi
Rossiya gaz tranziti O‘zbekistonga 6 mlrd kubometrga yetadi