16:21 / 11.11.2025
58 187
MAN yuk mashinasi Parkentda 4 ta mahallani gazsiz qoldirdi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuk avtomobili yuqori bosimli gaz quvurini urib yubordi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida gaz sizib chiqish holati yuz bergan va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Yoshlik”, “Markaziy”, “Guliston” hamda “Oq tepa” mahallalaridagi 2400 dan ortiq xonadon hamda 50 ga yaqin ishlab chiqarish obyektida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda tuman gaz ta’minoti bo‘limi avariya xizmatlari ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Mutaxassislar ma’lum qilishicha, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng gaz ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Mutasaddilar aholidan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘rab, xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘ramoqda.
Toshkent Viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida 2,4 mingdan ortiq aholi gazsiz qoldi
Nyu-Dehli markazida avtomobil portlashida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Gaz “zapravka"lar amaldagi tartibda ishlashda davom etadi — Energetika vazirligi
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
Gaz ta`minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi