15:53 / 11.11.2025
58 829
Andijonda bloger tez yordam mashinasidan taksi sifatida foydalandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonlik bloger tez yordam avtomobilidan taksi sifatida foydalangani aks etgan video keng tarqaldi. Ushbu holat katta jamoatchilik e'tiborini tortib, maxsus transport vositalariga nisbatan mas'uliyatsiz munosabatni tanqidga sabab bo‘ldi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan qonunbuzar shaxs tezlik bilan aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, yo‘lovchi tashish maqsadida noqonuniy ishlatilgan maxsus avtomobil xususiy tibbiyot klinikasiga tegishli bo‘lgan.
Mazkur fuqaro ustidan maxsus transport vositasidan maqsadsiz foydalanish bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzildi. Hodisada ishtirok etgan tez yordam avtomobili esa zudlik bilan jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Andijonlik Bloger
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Andijonda tez yordam mashinasini taksi qilgan shaxs ushlandi
“Er qidirgan” ga jazo bormi? UzNur.uz
O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda
Xususiy klinikalarga yangi imkoniyat: tibbiy uskunalarni bojxonasiz olib kirish muddati uzaytirildi
O'zbekistonda ekologik jinoyatlar ko'paymoqda