13:36 / 11.11.2025
60 209
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida giyohvand modda kontrabandachisi qo‘lga olingan. DXX xodimlari chegara qo‘shinlari, ichki ishlar organlari va bojxona boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir chog‘ida Uychi tumanidagi “Yangier” chegara maskanida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro noqonuniy ravishda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan va qo‘lga olingan. Shaxsiy tintuv paytida ushbu shaxs yonidan 9,7 kilogramm gashish giyohvand moddasi topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Chegarani noqonuniy kesib o‘tish” va “Kontrabanda” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu jinoyat uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Davlat Xavfsizlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sirdaryo va Namanganda yirik giyohvandlik guruhlari qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi UzNur.uz
Hokim yordamchisi va advokat firibgarlik ustida qo‘lga olindi
Qozog‘iston Prezidenti narkotik moddalar ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi