18:06 / 08.11.2025
82 066
Toshkentda jinsiy kamsitish uchun kafe egasi jazolandi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birining egasi O‘zbekiston qonunchiligini buzgan. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kafe egasi bolalar o‘yin maydonchasiga bir bolaning otasini kiritmagan. Kafe egasi o‘yin maydonchasiga faqat onalar va bolalar kirishi mumkinligini bildirgan.
Norozi mijozlar huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishgan. Sud kafe egasini jinsiy kamsitishni targ‘ib qilishda aybdor deb topdi.
Erkak o‘z aybini to‘liq tan oldi, vaziyatni tuzatishini va suddan jazo yengillashtirilishini so‘radi. Sud qaroriga binoan, kafe egasiga 3 750 000 so‘m miqdorida jarima solindi.
Shuningdek, jabrlangan tomon ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent Shahri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorazmda drif qilish uchun katta jarima belgilandi
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?
Chiroqchilik fuqaro dabdabali to‘y uchun jarimaga tortildi
OITS haqidagi yolg‘on video ortidan ikki yigit jazolandi