21:46 / 13.11.2025
13 595
13 noyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 13 noyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 25 000 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 8 372 000 so‘m.
10 gram — 16 744 000 so‘m.
20 gram — 33 488 000 so‘m.
50 gram — 83 720 000 so‘m.
100 gram — 167 440 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Markaziy Bank
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing