10:18 / 11.11.2025
60 928
O‘zbekiston mobil telefon importini 7,4% ga oshirdi

2025 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 3,2 million dona mobil telefon import qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 7,4% ko‘pdir. Ushbu ma’lumotni Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qildi.
Mazkur telefonlarning umumiy qiymati 370,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Telefonlarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy bo‘lib, mamlakatdan 2,5 milliondan ortiq qurilma olib kelingan.
Vetnamdan 619,2 ming, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 65,3 ming dona telefon import qilingan. Yetkazib beruvchilar beshligida Hindiston (31,8 ming dona) va Janubiy Koreya (4,8 ming dona) ham bor.
Joriy yilning noyabr oyi boshiga kelib, O‘zbekiston xorijdan umumiy qiymati 744,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan telekommunikatsiya uskunalari sotib oldi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3% ga kamaygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘n bir oyda O‘zbekistonga qariyb 4 mln dona mobil telefon import qilingan
O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoydan import qilindi
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
Qirg'iziston guruchi eksporti 8 barobar oshdi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi birinchi marta $10 mlrddan oshdi