20:02 / 10.11.2025
63 353

O‘zbekiston va YeOII savdo aylanmasi $14,26 mlrdga yetdi


2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi $14,26 milliardni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatning umumiy tashqi savdosining 23,9 foiziga teng.

YeOII doirasidagi asosiy savdo hamkorlari sifatida Rossiya va Qozog‘iston qayd etilgan. Rossiya bilan savdo hajmi $9,39 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, Qozog‘iston bilan bu ko‘rsatkich $3,48 milliardga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonning YeOII davlatlaridan importi $9,38 milliardga yetgan. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik mahsulotlarning YeOII davlatlariga eksporti atigi $4,88 milliardni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing