08:00 / 07.11.2025
83 534
O‘zbekiston AQShga 135 milliard dollar investitsiya qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 135 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy shartnoma imzolanganini ma’lum qildi va ushbu kelishuvni ajoyib deb baholadi. Unga ko‘ra, keyingi uch yil davomida O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga qariyb 35 milliard dollar sarmoya kiritadi, kelgusi o‘n yil davomida esa ushbu ko‘rsatkich 100 milliard dollardan oshadi.
Bu sarmoyalar AQShning muhim sohalarini, jumladan, nodir foydali qazilmalarni qazib olish, aviatsiya, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. O‘zbekiston, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, kimyo sanoati va energetika sohalariga ham sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Oq uy rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vashington va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik yanada samarali bo‘lishiga umid bildirdi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi davomida tomonlar bir qator hujjatlar imzolashdi.
Ular orasida amerikalik Denali Exploration Group va Re Element Technologies kompaniyalari bilan nodir yer elementlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekiston Boeing samolyotlarini, soya loviyasi va shroti xarid qiladi.
Shuningdek, tomonlar sun’iy intellekt va suvni tejovchi texnologiyalar sohalarida ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Donald Tramp
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi $135 mlrd bitim bozorlarni silkitishi mumkin
Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi
O‘zbekiston kiberxavfsizligini AQSh kompaniyasi ta'minlaydi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi